Jump to content

2027:Vikimania

From Wikimania
This page is a translated version of the page 2027:Wikimania and the translation is 96% complete.
Outdated translations are marked like this.

Wikimania 2027 — Vikimedia loyihalari ishtirokchilarining 22-Wikimania konferensiyasi boʻlib, 2027-yil 18–21-avgust kunlari Chilining Santyago shahrida anʼanaviy va onlayn formatlarda oʻtkaziladi.

18 yildan soʻng Wikimania Janubiy Amerikaga qaytmoqda — bu Global Janub nuqtayi nazaridan raqamli muhitlarni qayta koʻrib chiqish uchun tarixiy imkoniyatdir. Bu Wikimania konferensiyasining Lotin Amerikasida uchinchi, Janubiy Amerikada esa ikkinchi marta oʻtkazilishi boʻlib, avvalgi konferensiyalar 2009-yilda Buenos-Ayresda va 2015-yilda Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan.

Mavzu

Maʼlumot
Shahar Santyago, Chili
(Aeroport kodi: SCL/SCEL)
Sanalar 2027-yilning ikkinchi semestri, 18–21-avgust.
Format Gibrid
Rasmiy til(lar) Ispan, portugal va ingliz tillari
Rasmiy roʻyxatdan oʻtish tasdiqlanmaguncha, pulini qaytarib olish mumkin boʻlmagan aviachiptalar yoki turar joyni oldindan band qilmaslikni tavsiya qilamiz.

Santyagoda boʻlib oʻtadigan Wikimania konferensiyasining mavzusi: “Biz istagan internet”.

Internetning dastlabki ochiqlik ruhi markazlashuv, kuzatuv va geosiyosiy parchalanish tahdidlari ostida qolayotgan bir paytda, Santyago Vikimedia harakati uchun muhim bir savolni muhokama qilish maydoniga aylanadi: Biz qanday internetni istaymiz?

Tillari, madaniyati va bilim anʼanalari nihoyatda xilma-xil boʻlgan Janubiy Amerika singari mintaqadan turib biz yanada rang-barang, tenglik va adolat tamoyillariga asoslangan internetni taklif qilamiz. Bunday internetda bilim imtiyoz emas, balki har bir insonning huquqi boʻlishi kerak. Unda kam sonli odamlar soʻzlashadigan tillar ham keng tarqalgan tillar kabi birdek qadrlanishi lozim. Maʼlumotlar va bilimlarni oʻzlashtirib olish emas, balki hamkorlik ustuvor boʻlishi kerak. Shuningdek, foyda olishni emas, jamoat manfaatlarini koʻzlaydigan raqamli resurslarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash zarur.

Vikimania nima?

Vikimania — global Vikimedia harakatining har yili oʻtkaziladigan eng yirik konferensiyasi boʻlib, har yili turli xil mamlakatda tashkil etiladi. Unda hamjamiyat koʻngillilari, muharrirlar, dasturchilar, tadqiqotchilar, erkin bilim tarafdorlari, institutsional hamkorlar, shuningdek, Vikimedia jamgʻarmasi va uning hamkor tashkilotlari vakillari bir joyga jamlanadi. Konferensiya ilgʻor tajribalarni almashinish hamda erkin bilim ekotizimini takomillashtirish yoʻllarini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Uning Chilida oʻtkazilishi harakat tarixida yangi sahifa ochadi. Bu Lotin Amerikasidagi Vikimedia hamjamiyatining oʻsib, rivojlanib borayotgani hamda yetuklikka erishganini, shuningdek, oʻn yildan ortiq vaqt davomida hamjamiyatlar, tillar va turli bilim shakllari oʻrtasida koʻpriklar qurib kelayotgan koʻngillilar tarmogʻining kuchini aks ettiradi.

Birgalikdagi hamkorlik

Lotin Amerikasining turli mamlakatlaridagi Vikimedia boʻlimlari va koʻngillilar hamkorligida tashkil etilayotgan Vikimania Santyago konferensiyasi Vikimania asosiy tashkiliy jamoasi (COT), Wikimedia Chile, Vikimedia jamgʻarmasi (WMF) va Vikimania boshqaruv qoʻmitasi oʻrtasidagi yaqin hamkorlikka asoslanadi.

Maqsadimiz — Vikimedia harakatiga jon bagʻishlaydigan aloqalar va hamjamiyatlarni qutlash hamda biz istagan internetni barpo etuvchi rishtalarni mustahkamlash.

Tashkilotchilar

Hamkor tashkilotlar